Xiaomi Redmi Note 8 smartfoni ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketganidan keyin ham ishlamoqda. Xiaomi rahbari Ley Szyun ushbu voqeani Weibo'dagi blogida yozgan.
Xitoy korporasiyasining asoschisi Xiaomi smartfonlaridan foydalanuvchilardan biri o‘z qurilmasini derazadan tasodifan tushirib yuborganligi haqida hikoya qildi. Redmi Note 8 sakkiz qavat "uchib", binoning derazalari ostida joylashgan basseynga qulagan. Yiqilish natijasida qurilma jismonan shikastlangan, ammo ishlashda davom etgan.
Ley Szyun tomonidan joylashtirilgan fotosuratlarga qaraganda, telefon korpusi egilib, orqa tomoni yorilib ketgan. Qurilma suvda bo‘lganligi sababli suyuqlik kameraning himoya oynasi ostiga kirib ketgan. Qurilmaning displeyi bir nechta katta yoriqlarni "oldi", ammo butunligini saqlab qoldi. Smartfon egasi qurilma "omon qolganini", ya’ni sensorli ekran va qurilmaning asosiy funksiyalari ishlaganini payqadi.
Ley Szyun o‘z xabarida Redmi Note 8 juda yuqori sifatli smartfon ekanligini ta’kidladi.