Xitoy Prezidenti Si Szinpin AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan payshanba kuni Janubiy Koreyada uchrashishini tasdiqladi. Bu uchrashuvdan Tinch okeani ikki qirg‘og‘idagi investorlar va tadbirkorlar savdo tarangligining yumshashini kutmoqda.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, ikki davlat rahbarlari strategik va uzoq muddatli masalalar yuzasidan chuqur muloqot olib boradilar.
Vazirlik matbuot kotibi chәrshanba kuni ma’lum qilganidek, bu muloqot Pusan shahrida bo‘lib o‘tadi va dunyodagi ikki yirik iqtisodiyot rahbarlari o‘rtasida savdo kelishuviga oid muzokaralar bo‘lishi ham kutilmoqda, ammo u bu haqda aniq ma’lumot bermadi.
Ma’lumot uchun, Donald Tramp va Si Szinpin oxirgi marta 2019 yil 29 iyun kuni Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida uchrashgan edilar.