Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy Rossiyadan Hindiston rad etgan neftni faol ravishda xarid qilmoqda

Xitoy Rossiyadan Hindiston rad etgan neftni faol ravishda xarid qilmoqda

Xitoy Rossiyadan Hindiston rad etgan neftni faol ravishda xarid qilmoqda — Bloomberg.

Agentlikning tankerlarni kuzatish ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, fevral oyining dastlabki 18 kunida Xitoy portlariga kuniga 2,09 million barrel miqdordagi Rossiya xom nefti yetkazib berilgan. Bu ko‘rsatkich yanvarda 1,72 million va dekabrda 1,39 million barrelni tashil qilgan. Bu o‘sish Hindistonning Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishi ortidan yuzaga kelgan kamayishni to‘liq qoplagan.

So‘nggi oylar davomida Hindistonga Rossiya neftining importi kuniga taxminan 1,2 million barrelni tashkil qilmoqda. Bu 2025 yil iyun oyidagi eng yuqori ko‘rsatgichiga nisbatan 40 foiz kamroq.

Qayd etilishicha, qayta yo‘naltirish Rossiya neftining barcha navlariga ta’sir qilgan. Hozirda Xitoyga Boltiq va Qora dengiz portlaridan Urals yuklangan tankerlar yuborilishi, shuningdek, Arktikadan yetkazib berilayotgan neft hajmi tobora ortib bormoqda.

"Xitoyning neftni qayta ishlash zavodlariga sezilarli chegirmalar turtki berdi. Hozirda Urals neftining Xitoyga yetkazib berilishi Brent neft naviga nisbatan barreliga 12 dollar chegirma bilan sotilmoqda. Ayni paytda Xitoy Rossiya neftini xarid qilish uchun juda katta imkoniyatdan foydalanmoqda, chunki u har qanday ortiqcha neft uchun eng so‘nggi xaridor vazifasini o‘tamoqda”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 18:53. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!