Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy rahbarining asari ilk bor o‘zbek tilida chop etildi

Xitoy rahbarining asari ilk bor o‘zbek tilida chop etildi

Toshkentda Si Szinpinning “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida” nomli kitobi taqdim etildi.

Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘zbek tilida ilk marotaba nashr etilgan “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xitoy Inson huquqlarini o‘rganish jamiyati, XXRning Adabiyotlarni xorijiy tillarda nashr etish va tarqatish boshqarmasi, XXRning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamkorligida tashkil qilindi.

Xitoy rahbarining asari ilk bor o‘zbek tilida chop etildi

Taqdimotda Xitoy Inson huquqlarini o‘rganish jamiyatining ijrochi vise-prezidenti Tszyan Tszyango, O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori Akmal Saidov, XXRning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yu Szyun, shuningdek ilmiy doiralar, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus va OAV vakillari qatnashdi.

Xitoy rahbarining asari ilk bor o‘zbek tilida chop etildi

Chiqishlarda ta’kidlanishicha, mazkur kitob Xitoyning inson huquqlarini himoya qilish masalasidagi konseptual yondashuvlarini yorituvchi muhim manba hisoblanadi. Asarning o‘zbek tilida nashr etilishi ilmiy-ma’rifiy almashinuvni kengaytirish, davlatlararo muloqotni chuqurlashtirish va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.

Xitoy rahbarining asari ilk bor o‘zbek tilida chop etildi

Tadbir yakunida mehmonlar va ishtirokchilarga XXR Raisi Si Szinpinning “Inson huquqlarini hurmat qilish va kafolatlash to‘g‘risida” nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri topshirildi.

Kiritildi: 17:41 19.08.2025. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!