Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoy rahbari Saudiya Qiroli bilan uchrashdi

Xitoy rahbari Saudiya Qiroli bilan uchrashdi

Uchrashuv Ar-Riyoddagi Qirol saroyida bo‘lib o‘tdi. “CGTN” xabar qilganidek, Xitoy yetakchisi Saudiya Arabistoni ko‘p tomonlama dunyoda muhim kuch ekani, Xitoy Qirollik bilan munosabatni rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berayotganini ta’kidlagan.

O‘z navbatida Qirol Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud so‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni va Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda strategik birikish va amaliy hamkorlikda katta muvaffaqiyatga erishilganini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida Xitoy Xalq Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Shuningdek, tomonlar ikki yilda bir marta davlat rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkazishni ma’qulladilar.

Kiritildi: 15:50 09.12.2022. O'qildi: 1971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!