Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy Qirg‘izistonga keskin bayonot bilan chiqdi

Xitoy Qirg‘izistonga keskin bayonot bilan chiqdi

Xitoyning Qirg‘izistondagi elchixonasi Sulton-Sari oltin qazib olish konida yuz bergan mojaro yuzasidan keskin bayonot berdi, deb xabar qiladi Sputnik.

Diplomatik vakolatxona saytida yozilishicha, 2019 yil 5 avgustda Norin viloyati Sulton-Sari oltin qazib olish korxonasi oldida yuzlab mahalliy aholi to‘plangan.

«Yig‘ilgan ayrim kishilar noqonuniy ravishda Xitoy kompaniyasi hududiga bostirib kirdi. Kompaniya xodimlarini kaltaklashdi, natijada o‘nlab Xitoy fuqarolari jarohat oldi. Hozirgi vaqtda Xitoyning Qirg‘izistondagi elchixonasi jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Elchi Du Deven shifoxonadagilar holidan xabar oldi», — deyiladi xabarda.

Elchixona bayonotida yozilishicha, ko‘p yillar davomida Xitoy korxonalari Qirg‘izistonga investisiya kiritib, biznes bilan shug‘ullanmoqda. Mahalliy aholi moddiy farovonligini yaxshilash va ikki davlat xalqlari o‘rtasida an’anaviy do‘stlikni mustahkamlash uchun katta hissa qo‘shmoqda. Yuz bergan mojaro «kompaniya va uning xodimlariga katta moddiy va jismoniy yo‘qotishlarni keltirib chiqardi».

«Biz Qirg‘iziston tomonidan jabrlanganlarga maksimal darajada tibbiy yordam ko‘rsatilishi, holatni har tomonlama tergov qilinishi, aybdorlar qat’iy jazolanishi, bu mojaro adolatli va talab darajasida hal qilinishini talab qilamiz. Xitoy tomoni Qirg‘iziston hukumati va tegishli idoralaridan Xitoy kompaniyalarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, Xitoy fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash, bu kabi hodisalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun samarali choralar ko‘rilishini so‘raydi», — deyilgan elchixona bayonotida.

5 avgust kuni Norin viloyatida mahalliy aholi va oltin qazib olish ishlarini bajaruvchi Xitoyning Zhong Ji Mining Company kompaniyasi ishchilari o‘rtasida mojaro yuz bergan. Mahalliy aholi Zhong Ji Mining Company faoliyatini to‘xtatilishini talab qilmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlash ishlari oqibatida tog‘larda chorva nobud bo‘lmoqda.

Tuman hokimiyatining ta’kidlashicha, kompaniya vakillari agar portlash ishlari oqibatida chorva nobud bo‘lishi holati tasdiqlansa, egalarga moddiy zararni qoplashga tayyorligini ma’lum qildi.

daryo.uz

Kiritildi: 10:32 07.08.2019. O'qildi: 2109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!