Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi kuzda boshlanadi

 Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi kuzda boshlanadi

Qirg‘iziston bosh vaziri A.Japarovning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yil kuzida mamlakat “tarixidagi eng yirik loyiha” – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ushbu temir yo‘l qurilishi mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini, yo‘l mamlakat janubidan o‘tishini aytgan edi.

Ta’kidlash joizki, temir yo‘l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshiradi. Magistral Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelajakda esa Transafg‘on temir yo‘li orqali Pokiston portlari bilan bog‘lashi mumkin.

Kiritildi: 13:26 21.05.2022. O'qildi: 3988 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!