Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoy nima uchun chet elliklarga farzand asrab olishni taqiqladi?

Xitoy nima uchun chet elliklarga farzand asrab olishni taqiqladi?

🔹Xorijiy fuqarolar tomonidan farzand asrab olish dasturi Xitoyda 30 yilga yaqin faoliyat yuritgan, biroq 2024 yil avgustida yopilgan. Pekinning qarori uning demografik siyosatidagi davr o‘zgarishini aks ettiradi, deydi Viskonsin-Medison Amerika universitetidan xitoylik demograf I Fujian. Uning fikricha, avvallari Xitoy hukumati «yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuk sifatida qaragan bo‘lsa, endi ularni manba sifatida ko‘radi».

🔹O‘tmishda Xitoy «bir bola» degan shafqatsiz siyosat orqali aholining tez o‘sishini jilovlab kelgan – ko‘plab oilalar o‘z farzandlarini, asosan, nogiron qizlar va chaqaloqlarni tashlab ketishga yoki katta miqdorda jarima to‘lashga majbur bo‘lgan. 1992 yilda xalqaro farzandlikka olishga ruxsat berildi.

🔹Ammo hozir Xitoyda butunlay boshqacha muammo bor - tug‘ilishning qisqarishi. 2023 yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni 5,7 foizga qisqarib, qariyb 9 millionga yetdi va har 1000 kishiga tug‘ilganlar soni rekord darajada past bo‘ldi — 6,39. Umumiy aholi soni ham ketma-ket ikkinchi yil 2 milliondan ortiq kishiga kamaydi.

🔹2016 yilda bir bola siyosatidan voz kechildi va rasmiylar oilalarni ikki yoki uch farzandli bo‘lishga unday boshladilar, biroq ko‘plab yosh xitoylik ayollar hali ham farzand ko‘rishga ikkilanishmoqda. «O‘tmishda aholining kamroq bo‘lishi yaxshiroq deb hisoblangan, ammo hozir uning kamayishi qo‘rquv hissini uyg‘otadi», deydi demograf I.

Kiritildi: Bugun 14:54. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!