Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy Milliy Mudofaa universiteti rahbari boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi

Xitoy Milliy Mudofaa universiteti rahbari boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga Xitoy Xalq Respublikasi Milliy Mudofaa universiteti rahbari Chu Shang Jin boshchiligidagi delegasiyasining tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

O‘zbekistonning bugungi kunda olib borayotgan samarali va faol tashqi siyosatini dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan barcha sohalarda olib borayotgan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalari misolida ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi ham dunyoning nufuzli oliy ta’lim markazlari va harbiy akademiyalari bilan faol hamkorlik qilib kelyapti. Tashrif davomida, delegasiya a’zolari ta’lim muassasasi o‘quv faoliyati, uning imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. 

Mehmonlar akademiyada harbiy kadrlarni tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berishdi. Ayniqsa, Xitoy auditoriyasi  delegasiya a’zolarida katta tassurot qoldirdi.

Shuningdek, xorijlik mutaxassislar tomonidan harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy metodika va ta’lim standartlari bilan tanishtirish bo‘yicha akademiya professor-o‘qituvchilari bilan fikr almashildi.

Shu jumladan, “Chin o‘lkasi” vakillarining Xitoy Xalq Respublikasining Mudofaa va xavsizlik bo‘yicha olib borayotgan siyosati, Xitoy milliy armiyasi to‘g‘risidagi taqdimoti uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tashrif davomida ikki davlat vakillari o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlikning kelgusi istiqbollari kelishib olindi.

 

 

 

 

Kiritildi: 16:19 16.11.2019. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!