Xitoyning Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy 26-may kuni Moskvaga tashrif buyuradi va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv rejalashtirilgan, deb xabar berdi Rossiya TIV.
"26-may kuni Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzinning Ukraina inqirozi bo‘yicha maslahatlashuvlar uchun Moskvaga tashrif buyuradigan Xitoy hukumatining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Shu kuni Li Xuy Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan qabul qilinadi”, deyiladi agentlik xabarida.