Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi

Xitoy mamlakatlarni jungli qonunidan voz kechishga chaqirdi

Dunyo mamlakatlari jungli qonunidan voz kechib, xalqaro huquq ustuvorligini mustahkamlashi zarur. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.

Vazir Nyu Yorkdagi “Kelajak sammiti”da tegishli bayonotni bergan.

“Kuchlilarga zaiflarni qo‘rqitishga ruxsat berilgan jungli qonunidan voz kechib, xalqaro huquq ustuvorligini mustahkamlash kerak. Jahonda hukmron bo‘lishga intilishni jilovlash, bir tomonlama sanksiyalarga chek qo‘yish, rivojlanayotgan mamlakatlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish zarur. Biz yaxshi kelajak qurishimiz kerak”, dedi u.

Xitoy tashqi ishlar vazirining fikricha, buyuk derjavalar boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim.

“Ayniqsa, buyuk derjavalar o‘z namunalari bilan ilhomlantirishi nihoyatda muhimdir. Oliy ezgulikka intilish yo‘lida cheklovchi geosiyosiy zanjirlar uzilishi zarur. Nigohimizni kelajakka qaratishimiz, har qanday qarama-qarshilikning oldini olishimiz, dunyo birdamligi asoslariga rioya qilishimiz va butun dunyoda tinchlik tarafdori bo‘lishimiz kerak”, ta’kidladi u.
Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!