Insoniyat bu yozda koronavirus pandemiyasini to‘liq bartaraf eta olmaydi, shuning uchun noyabrda kasallikning yangi to‘lqini bo‘lishi mumkin, deya hisoblaydi Shanxay “Xuanshan” shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, COVID-19 davolash bo‘yicha ekspertlik guruhi rahbari Chjan Venxun.
“Janubiy Amerika, Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida kasallik avj olishni boshlandi, shuning uchun mavjud matematik modelga asosan, <...> qish kelganda, hamma yana guruh bo‘lib yig‘ilib, uyda o‘tiradilar”, - deydi Chjan Venxun.Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi epidemiya paytida, ayniqsa diagnostika sohasida to‘plangan tajriba tufayli keyingi to‘lqin unchalik jiddiy bo‘lmaydi.
“Biroq, tibbiy resurslar etishmaydigan mamlakatlar, masalan Afrika va Janubiy Amerikadagi davlatlar, kelgusi qishni o‘tkazish qiyin bo‘ladi”, - deb ta’kidladi mutaxassis.
JSST 11 mart kuni COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. 12 aprel holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 1,7 milliondan ziyod kishini tashkil etdi. 105 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.