Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy koronavirusga davo topilganini ma’lum qildi

A A A
Xitoy koronavirusga davo topilganini ma’lum qildi

Xitoyning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi (2019-nCoV) koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi.

Lining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya tajribalarida abidol va darunavirning (OITSni davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan antiretrovirus dori) aralashmasi virus samarali to‘xtatishga qodir. Shuningdek, mazkur dori vositalaridan Chjeszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarni ham davolashda qo‘llanilgan.

Epidemiologning ta’kidlashicha, hozirda virusga qarshi qo‘llanilayotgan OIV (Odamning immunitet tanqisligi virusi) qarshi dorilari kutilganidek samarali emas va uning salbiy asoratlari bor. Li Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasiga topilgan dorilarning kombinasiyasidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, olimning qayd etishicha, koronavirusga qarshi dorilardan faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga bo‘yicha foydalanish mumkin.

Avvalroq, JSST 2019-nCoV virusiga qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha mavjud emasligi, lekin kasallikka chalinganlarning ko‘p qismi undan vafot etmay, ular muolajalar yordamida shifo topayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, koronavirus infeksiya qo‘zg‘atuvchining genlarini o‘rgangan xitoylik virusologlar uning 2003 yilda butun dunyoga tarqalgan  SARS atipik pnevmoniyasining «yaqin qarindoshi» degan xulosaga kelgandi.

Kiritildi: 11:15 06.02.2020. O'qildi: 7577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik