Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

“Xitoy ham, Qo‘shma Shtatlar ham buyuk mamlakatlardir"

“Xitoy ham, Qo‘shma Shtatlar ham buyuk mamlakatlardir"

Si Szinpinning tashrifi munosabati bilan Oq uyda Xitoy madhiyasi yangradi.

“Xitoy ham, Qo‘shma Shtatlar ham buyuk mamlakatlardir. Xitoy va Amerika xalqlari buyuk xalqlardir. Men prezident Trampning taklifiga binoan, do‘stligimizni davom ettirish, hamkorlikni kengaytirish hamda xalqlarimiz farovonligini oshirish maqsadida AQShga tashrif buyurdim.

Biz tinch-totuv yashashimiz kerak. Ko‘p bor ta’kidlaganimdek, ikki buyuk davlat bo‘lmish Xitoy va AQSh hamkorlik qilsa, faqat yutadi, to‘qnashsa — ikkisi ham yutqazadi. Raqobat haqida gapirishdan qochish shart emas, lekin raqobatimiz sog‘lom va ma’lum chegaralar doirasida bo‘lishi kerak. Bu bir-birini quvib yetish musobaqasi bo‘lishi lozim, kimgadir mag‘lubiyat yoki g‘alaba keltiradigan kurash emas" deya fikr bildirdi Xitoy rahbari.

Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni Oq uyda kutib oldi va shunday dedi.

“Xalqlarimiz Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonish uchun birgalikda harakat qilgani kabi, men va prezident Si ham mamlakatlarimiz kelajagini yanada farovon qilish yo‘lida birga ishlashda davom etamiz. Prezident Si, Peng xonim — ushbu tarixiy tashrif uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. AQShga xush kelibsiz!”

Kiritildi: 21:15 24.09.2026. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!