Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoy farmasevtika kompaniyasi O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirmoqchi

Xitoy farmasevtika kompaniyasi O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirmoqchi

Xitoy farmasevtika kompaniyasi O‘zbekistonda investisiyaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals kompaniyasi bosh direktori Nin Na muzokara o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonda farmasevtika sohasida investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o‘zbek sheriklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya delegasiyasining O‘zbekiston viloyatlarida dorivor o‘simliklar yetishtirish investisiyaviy loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida mamlakatga safarini tashkil etish taklifi bildirildi.

Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya 1662 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoy an’anaviy dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Fortune-500 yirik korxonalar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Uning ishlab chiqarish korxonalarida 1200 dan ortiq xodim savdo, marketing va dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 15:39 08.07.2024. O'qildi: 1362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!