Mamlakat Tijorat vazirligi YEI tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan 20-sanksiyalar paketiga Xitoy kompaniyalarining kiritilishiga nisbatan "qat’iy norozilik" bildirdi. Pekin ushbu kompaniyalarni ro‘yxatdan zudlik bilan chiqarishni talab qilmoqda. Yevropa Ittifoqi mazkur kompaniyalarni Rossiya harbiy-sanoat majmuasiga ikki tomonlama maqsadlardagi yuqori texnologik tovarlar yetkazib berishda ayblayapti.
Xitoy tomonining bayonotida aytilishicha, bu qadam Pekin va YEI yetakchilari o‘rtasidagi kelishuvlarga zid bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlar barqarorligiga putur yetkazadi. Vazirlik mamlakat kompaniyalari manfaatlarini himoya qilish uchun "zarur choralar" ko‘rilishidan ogohlantirdi va barcha oqibatlar uchun mas’uliyat Yevropa Ittifoqi zimmasida bo‘lishini ta’kidladi.