Xitoy Xalq Respublikasida hozirda umumiy o‘rnatilgan quvvati 113 million kilovatt bo‘lgan 102 ta faoliyat yuritayotgan, qurilayotgan va qurishga tasdiqlangan energiya bloklari mavjud. Bu haqda Xitoy atom energetikasi uyushmasi hisobotida ma’lum qilingan. Hujjatda alohida ta’kidlanishicha, Xitoy 18 yil davomida qurilayotgan energiya bloklari quvvati bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni saqlab kelmoqda. Hozirda mamlakatda 28 ta shunday inshoot qurilayotgan bo‘lib, ularning umumiy o‘rnatilgan quvvati 33 million kilovattdan ortiq bo‘ladi.