Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xitoy armiyasi rahbariyatida tozalash ishlarini boshlandi

Xitoy armiyasi rahbariyatida tozalash ishlarini boshlandi

Prigojinning isyoni Si Jinpinni Xitoy armiyasi rahbariyatida tozalash ishlarini boshlashga undadi — The Wall Street Journal.

XXR raisi Si Jinpin Rossiyada “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin isyon ko‘tarishga uringanidan so‘ng Xitoy armiyasida yangi tozalashlar to‘lqinini boshladi, deb yozadi nashr manbalarga tayanib.

WSJ suhbatdoshlariga ko‘ra, Moskvaning Ukraina ustidan tezkor g‘alabaga erisha olmagani, so‘ngra Prigojin isyonini ham tezda bostira olmagani Si Jinpinda Xitoy qurolli kuchlarni keng ko‘lamli modernizasiya qilish va uni nazoratini kuchaytirish fikrini yuzaga keltirgan.

Maqolada aytilishicha, Xitoy jangovar salohiyatiga putur yetkazayotgan korrupsiyadan xavotirlangan Si Jinpin "agar harbiy texnika mutlaq siyosiy sadoqat bilan mustahkamlanmagan bo‘lsa, uning o‘zi mudofaani ta’minlash uchun yetarli emas", degan xulosaga kelgan.

Kiritildi: 19:55 21.02.2026. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!