Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy AQShning eng yirik qarz beruvchisi bo‘lishdan to‘xtadi

Xitoy AQShning eng yirik qarz beruvchisi bo‘lishdan to‘xtadi

Xitoy AQShning eng yirik kreditori bo‘lishdan to‘xtadi. Xitoy bu o‘rinni 2008 yildan beri egallab kelayotgan edi.

Bu haqda payshanba kuni AQSh Moliya vazirligi ma’lum qildi. E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida Yaponiya AQShning 1,222 trln dollarlik davlat obligasiyalariga (trejeris) egalik qilib turgan bir paytda, Xitoyda esa bu 1,112 trln dollarni tashkil etgan.  Jami hisoblaganda, AQShning tashqi qarzi 6,636 trln dollarni tashkil etib, nisbatan bu  ko‘rsatkich may oyida 6,539 trln dollar bo‘lgan, xolos. Ya’ni AQShning davlat qimmatli qog‘ozlari xavfsiz boshpana sifatida talab qilinishda davom etgan.

Xitoy birinchi marta 2008 yil sentyabr oyida Amerikaning eng yirik qarz beruvchisi sifatida Yaponiyani ortda qoldirgan edi. Bugun AQSh qarzlarining katta qismi (20 trln AQSh dollaridan ko‘proq) amerikaliklarning o‘zlarida, shu jumladan, shtatlarda va mahalliy hukumatlarda, banklarda, pensiya jamg‘armalarida bo‘lib, mamlakat ichidagi boshqa institusional hamda chakana investorlarga tegishli.

Shuningdek, Xitoyga tegishli Gonkong ham AQShning 215 milliard dollar davlat qarzlarini ushlovchi asosiy investorlaridandir.

AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2019 yil iyun oyida  AQSh obligasiyalariga investisiyalarni 1,17 milliarddan, 10,8 milliard dollarga kamaytirdi va 2010 yilda bu deyarli 180 milliard dollarni tashkil qilgan.

Kiritildi: 22:43 17.08.2019. O'qildi: 2605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!