Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy AQShni "ortda qoldirdi"

Xitoy AQShni "ortda qoldirdi"

AQShdagi 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning qariyb 42 %i TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanadi. Bu ko‘rsatkich esa Facebook‘dan (41 %) yuqoriroq. Bu yoshdagilar uchun eng mashhur ilovalar – Snapchat (68 %) hamda Instagram (79 %). Bu haqda Axios nashri xabar bermoqda.

Xitoyning ByteDance shirkatiga qarashli bo‘lgan TikTok tarmog‘i amerikalik kompaniyalar orasidagi yagona “xitoylik” sanaladi. Shirkat 2017 yilning 9 noyabrida Amerikaning Musiqal.ly ijtimoiy media xizmatini sotib olgan va u asosida TikTokni yaratgan edi.

CNBC xabariga ko‘ra, AQShning chet el investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi ushbu xarid yuzasidan tekshiruv o‘tkaza boshlagan. ByteDance xususiy shirkat bo‘lishiga qaramay, Xitoy kompaniyasi bo‘lgani sababli foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi vajidan ushbu tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Spot.uz nashri ma’lumotlariga ko‘ra, TikTok O‘zbekistondagi eng ko‘p yuklab olinayotgan beshta ilovadan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Z avlod” (Generation Z) deganda 1995 yildan keyin tug‘ilganlar nazarda tutiladi hamda ularga nisbatan “raqamli odamlar” degan atama ham ishlatiladi.

Kiritildi: 06:44 07.11.2019. O'qildi: 2473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!