Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy AQShni ogohlantirdi: "Olov bilan o‘ynashmang"

Xitoy AQShni ogohlantirdi: "Olov bilan o‘ynashmang"

Xitoy AQSh siyosatchilarini Tayvan muammosiga ishora qilib, "olov bilan o‘ynashmaslikka" chaqirdi. Bu haqda  Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Liszyan ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning ta’kidlashicha, Pekin Vashington va Tayvan o‘rtasidagi har qanday aloqalarga qarshi, chunki u ushbu ichki aralashuvga qarshi va XXRning "asosiy manfaatlari"ni himoya qiladi. "Olov bilan o‘ynaydiganlar kuyib ketadi", dedi Chjao.

Tashqi ishlar vazirligi vakili, shuningdek, Tayvan rasmiylarini noto‘g‘ri yo‘ldan ketishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi. "Siz hiyla-nayranglarga berilib ketmasligingiz, bajonidil qo‘g‘irchoqqa aylanib, boshqalarga qaram bo‘lib, chet eldan yordam so‘rab, epidemiya bahonasida mustaqillikka intilmasligingiz kerak", – deya qo‘shimcha qildi u.

Diplomat sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar boshchiligidagi AQSh rasmiy delegasiyasining Tayvanga tashrifini qoraladi. Bu olti yil ichidagi birinchi tashrif edi.

11 yanvar kuni Tayvanda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Demokratik partiya g‘alaba qozondi va uning rahbari Say Inven o‘sha kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ham g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hukmron partiya orol mustaqilligini himoya qilmoqda.

Xitoy istilosi tahdidi Tayvanning mustaqilligini rasmiy e’lon qilishga to‘sqinlik qilmoqda — XXR Tayvan bilan birlashishni "asosiy manfaati" deb biladi. 2005 yil mart oyida, Xitoy mustaqillikni e’lon qilsa, orolga qarshi harbiy kuch ishlatish to‘g‘risida qonun qabul qilgan.

Kiritildi: 15:37 12.08.2020. O'qildi: 6493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!