Xitoyning davlatga qarashli China Telecom telekommunikasiya kompaniyasi AQSh filiali AQSh Federal aloqa komissiyasini (FAK) AQShda xalqaro telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish lisenziyasini bekor qilmaslikka chaqirdi, deb xabar beradi mahalliy OAV.
Aprel oyida AQSh Adliya vazirligi va boshqa boshqarmalar milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, China Telecom (Amerika) kompaniyasining AQShda ishlashga ruxsatnomasini qaytarib olish talabi bilan FAKka murojaat qilishdi.
China Telecom bu da’volarni "asossiz" deb atadi va FAK AQShda ishlash huquqini "faqat tashqi siyosat asosida, qonunbuzarlikning aniq dalillari bo‘lmagan taqdirda" rad etmasligi kerakligini aytdi.