2024-yil oxirida Xitoy aholisi 1,39 million kishiga kamaydi va hozirda 1,4 milliard fuqarodan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi (SSA) xabar berdi .
O‘tgan yili Xitoyda 9,54 million kishi tug‘ilgan, 10,93 million kishi vafot etgan. Tug‘ilishning 1,6 foizga kamayishi fonida 65 yoshdan oshgan fuqarolar soni ko‘paydi - qariyb 220 million kishi. Mehnatga layoqatli aholi ulushi qariyb 61 foizni tashkil etdi.
Shunday qilib, Xitoy aholisi 2022-yildan beri ketma-ket uchinchi marta kamaydi. Biroq, 2023 yilda u ikki milliondan ortiq kishiga kamaydi, bu raqamlarning qisqarish tezligi sekinlashayotganini anglatadi.