Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladigan planshetni taqdim etdi

Xiaomi bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladigan planshetni taqdim etdi

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, gadjet o‘z sinfiga kiruvchi qurilmalarga nisbatan og‘irligi va korpusining qalinligi borasida katta ko‘rsatkichga ega emas. Shuningdek, planshet bir marta quvvatlanish orqali bir yil ishlay oladi.

LCD Blackboard displeyi suyuq kristallar asosida yaratilgan bo‘lib, undan uzoq foydalanish ham ko‘z uchun xavfsiz. Ekran teginish kuchini sezadi, yozuvlarni kiritish uchun stilusdan yoki boshqa qulay vositalardan foydalanish mumkin.

Xitoyda 20 dyuymli LCD Blackboard versiyasini 149 yuanga (22 dollar) xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Apple kompaniyasi LiDAR sensorli uchtalik kamera ega iPad Pro’ni taqdim etgandi.

Kiritildi: 18:27 05.09.2020. O'qildi: 2390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!