Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Xiaomi" avtomobil ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — OAV

Avto / Xorij A A A
"Xiaomi" avtomobil ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — OAV

Smartfonlar va boshqa "aqlli" qurilmalar yaratish borasida tobora mavqeyini mustahkamlab borayotgan Xitoyning "Xiaomi" korporasiya yaqin yillarda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda mahalliy "Donews" nashri xabar bermoqda.

Korporasiyadagi bir nechta manbalarning ta’kidlashicha, "Xiaomi" top-menejerlari avtomobil bozoriga kirish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan. 

Insayderlar esa korporasiya hali o‘z avtomobilini yaratish bo‘yicha aniq rejaga ega emasligini, ammo yaqin kelajakda loyiha haqida batafsil ma’lumot paydo bo‘lishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Shuningdek, loyihani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya asoschisi Ley Jun nazorat qilishi aytilmoqda. 

OAV vakillari ushbu yangilikka izoh olish uchun "Xiaomi" vakili bilan bog‘lanishgan va kompaniya tomonidan ushbu so‘rovga keyinroq javob berilishi aytilgan.

"Xiaomi" top-menejerlariga yaqin bo‘lgan yana bir manbaning aytishicha, u bunday rejalar haqida eshitgan. Ammo korporasiya yaqin yillarda avtomobil taqdim etishga qiziqish bildirmagan. Suhbatdoshning ta’kidlashicha, kompaniyaning smartfonlar bozorida ulushi katta, shuning uchun ushbu segmentni rivojlantirish vazifasi ustuvor hisoblanadi. Shu bilan birga, suhbatdosh "Xiaomi"ning yangi bozorga chiqish imkoniyatini mavjudligini ta’kidlagan holda, bu 2025 yilgacha amalga oshishini aytgan.

Investorlar Xitoy korporasiyasining avtomobil bozoriga qiziqishi haqidagi yangiliklarni yuqori baholadilar. Gonkong fond birjasida "Xiaomi"ning aksiyalari 6,424 foizga o‘sdi.

2020 yil oxirida AQShning "Apple" korporasiyasi avtomobil bozoriga kirishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Keyinroq "Hyundai" va "Nissan“ avtomobilsozlik kompaniyalari ”Apple" bilan elektromobil yaratish bo‘yicha muzokara olib borgani va AQSh korporasiyasi hamkorlik qilishdan bosh tortgani ma’lum bo‘lgan edi. 

Kiritildi: 16:26 24.02.2021. O'qildi: 2369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!