Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xayrullo Bozorov ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi

Xayrullo Bozorov ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi

Murakkab operasiyani boshidan kechirib, sog‘ligi tiklangan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishga qaytdi hamda shu kunlarda mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan hududlarda foydalanishga topshirilayotgan ob’ektlarning ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
Bugun viloyat rahbari “Fergana Global textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatini to‘quvchilik majmuasining ishga tushirilish tadbirida ommaviy axborot vositalariga intervyu berdi:


-Bugungi kunda tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash, xususan, sanoatni taraqqiy ettirishga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Sanoat rivojlansa ish o‘rni bo‘ladi, iqtisodiyot barqaror bo‘ladi, eksport amalga oshiriladi. Byudjetni shakllantirishga ham hissa qo‘shiladi. Farg‘ona azaldan sanoatlashtirilgan hudud hisoblanadi. So‘nggi paytda islohotlar natijasida sanoatda yangi loyihalar ishga tushirilyapti, soha jadal rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Bularning eng ilg‘orlari paxtachilik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan, kalava ip, mato, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan klasterlardir. Barcha klasterlarimizda bugungi kunda yangi korxonalar tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Kelgusi yil yakunida Farg‘ona viloyatida birorta 5 ta siklni o‘ziga tatbiq etmagan, ya’ni xomashyodan to tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ishga tushirmagan klaster qolmaydi. Umuman olganda, maqsadimiz - yalpi ichki mahsulotdagi sanoat ulushini viloyatimizda 50 foizga olib chiqishdir.

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvi tarixiy voqea bo‘ldi. Islohotlarga yanada dadil qadam tashlandi, deya bemalol aytish mumkin. Qisqa vaqt ichida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir nechta farmon va qarorlar qabul qilindi va bu jarayon davom etmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, tadbirkor yangi O‘zbekistonning bunyodkori.

Farg‘ona viloyatida ham tadbirkorlar bilan muloqot eng ustuvor vazifa sanaladi. Har haftaning dushanba kuni tadbirkorlar qabulini yo‘lga qo‘yganmiz. Qariyb bir yil davomida uch ming olti yuzdan ortiq tadbirkor bilan muloqot qildik. Ular qo‘ygan masala, muammoni yechishga harakat qilyapmiz. Iqtisodiyotimizni harakatlantiruvchi kuch bu tadbirkorlikdir. Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvda sohani isloh qilishda belgilab bergan 7 ta yo‘nalishdagi vazifalari ijro hokimiyati organlari uchun katta dasturilamal bo‘ldi.

Kiritildi: 17:00 25.08.2021. O'qildi: 2595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!