Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xavf oshmoqda: Xitoy ham AQShga ultimatum qo‘ydi

A A A
Xavf oshmoqda: Xitoy ham AQShga ultimatum qo‘ydi

Pekin AQShdan Sichuan provinsiyasida joylashgan Chengdu shahridagi bosh konsullikni yopishni talab qildi, deb xabar beradi RIA Novosti. Ushbu tashabbus Amerika rasmiylariga javob deb ataladi, oldinroq AQSh Xitoyga Xyustondagi Bosh konsullikni yopish  to‘g‘risida buyruq bergandi.

Tegishli bayonot XXR Tashqi ishlar vazirligi vakillari tomonidan qabul qilindi. Bo‘lim Amerika rasmiylarining tashabbusini "provokasiya" deb atadi. Shu bilan birga, bayonotda ro‘y berayotgan voqealar uchun javobgarlik "butunlay AQShning zimmasida" ekani ta’kidlangan.

24 iyul kuni Pekin amerikalik diplomatlarga AQShning Chengdu shahridagi Bosh Konsulxonasi lisenziyasi bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar berdi, shuningdek, ularni davlat hududida har qanday faoliyati taqiqlanishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Shu bilan birga, Xitoy rasmiylari vaziyat shu tarzda rivojlanayotganidan afsusda. Ular Vashingtonni "noto‘g‘ri qaror"ni bekor qilishga va ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish choralarini ko‘rishga chaqirishdi.

Kiritildi: 11:40 24.07.2020. O'qildi: 7891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik