Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xatirchida maktab direktori pora bilan qo‘lga olindi

Xatirchida maktab direktori pora bilan qo‘lga olindi

Xatirchidagi maktablardan birining direktori pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda "Xalq so‘zi onlayn" xabar berdi.

Fuqaro S. R. Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oltinsoy MFYdagi Achchi qishlog‘idagi 79-maktabda ancha vaqtdan buyon psixologiya fani o‘qituvchisi sifatida ishlab kelardi.

Mazkur maktabning direktori P.SH. so‘nggi paytlarda unga ma’lumoti psixologiya mutaxassisligiga to‘g‘ri kelmasligini ro‘kach qilib, ishdan bo‘shatmaslik evaziga 200 AQSh dollari talab qiladi.

Fuqaro S.R.ning arizasi asosida Departamentning tuman bo‘limi, DXX hamda tuman IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda maktab direktori P.SH. psixolog S.R.dan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollarini pora tariqasida olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro P.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 18:39 05.12.2018. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!