Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xatirchida 2-sinf o‘quvchisini BYD Song Plus Champion bosib ketdi

Xatirchida 2-sinf o‘quvchisini BYD Song Plus Champion bosib ketdi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 2-sinf o‘quvchisi avtomobil bosib ketishidan halok bo‘ldi. Holat aks etgan video ijtmoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda katta tezlikda harakatlanayotgan ikki avtomobil piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashganida fuqarolar yo‘lni kesib o‘tayotganini ko‘rgan bo‘lsa-da, tezlikni pasaytirmagani va ularga yo‘l bermaganini ko‘rish mumkin. Oldindagi avtomobil o‘tib ketgan, uning tez harakati ta’sirida qiz yiqilib tushgan, uning ortidan 142 kilometr/soat tezlikda kelayotgan BYD Song Plus Champion uni bosib ketgan.

Viloyat YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 1 iyul kuni soat 19:20 larda Xatirchi tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 127-kilometrida sodir bo‘lgan. Qizcha yo‘lga to‘satdan yugurib chiqqan. U olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:46 05.07.2024. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!