Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xarris yana Tramp bilan debatga kirmoqchi

Xarris yana Tramp bilan debatga kirmoqchi

AQSh vise-prezidenti va Demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarris o‘zining asosiy siyosiy raqibi respublikachi Donald Tramp bilan yangi debatlar raundiga kirishmoqchi. Bu haqda u Jorjiya shtatidagi miting chog‘ida ma’lum qildi.

“Men yana bir deat o‘tkazishga harakat qilaman. Ko‘ramiz”, dedi Xarris.

Vise-prezident 10 sentyabr kuni Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida Tramp bilan bo‘lib o‘tgan debat haqida gapirar ekan, “O‘sha kuni quvnoq o‘tdi”, dedi.

10 sentyabr kunidagi debat ABC News telekanali tomonidan tashkil etilgandi. O‘tgan hafta Tramp Xarris bilan bahslarning yangi bosqichini o‘tkazishdan bosh tortayotganini ma’lum qilgan.

“Debatning birinchi raundi ajoyib o‘tdi, yangi teledebatlar uchun rejalar yo‘q”, dedi Tramp.

Kiritildi: Bugun 10:21. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!