Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xarris Trampdan oldinda

A A A
Xarris Trampdan oldinda

Reuters/Ipsos so‘roviga ko‘ra, AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampdan 2 foizga oldinda. Xarrisni respondentlarning 44 foizi, Trampni esa 42 foizi qo‘llab-quvvatlagan. So‘rov 22-23 iyul kunlari o‘tkazildi.

So‘rov ishtirokchilarining qariyb 56 foizi 59 yoshli Kamala Xarrisning «o‘tkir aqli va qiyinchiliklarni yengish qobiliyatiga ega» degan fikrga qo‘shildi. 78 yoshli Donald Tramp haqida ham xuddi shunday fikrni respondentlarning 49 foizi ham bildirgan.

❕ Demokratik saylovchilarning 91 foizi Xarris haqida ijobiy fikrda va so‘rovda qatnashganlarning to‘rtdan uch qismi demokratlar uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashi kerak, deb hisoblaydi. Respondentlarning to‘rtdan bir qismi nomzodlik uchun bir necha nomzod kurash olib borishi kerak, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 16:35 24.07.2024. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik