Davlat rahbari lavozimini egallay olmagan AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris oilasi bilan Gavayi orollariga ta’tilga jo‘nab ketdi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi «oilasi bilan vaqt o‘tkazish uchun ishdan tanaffus qilgan».
«Menimcha, bunda yomon narsa yo‘q. Menimcha, u oilasi bilan va ishdan uzoqda vaqt o‘tkazishga loyiq, so‘nggi to‘rt yil ichida u juda qattiq mehnat qildi», — dedi Jan-Per.
Xarris 19 noyabr kuni Gavayiga jo‘nab ketdi. O‘shandan beri vise-prezident devoni ommaviy tadbirlarning kamligini ta’kidlab, keyingi kunlar uchun jadvalni e’lon qildi.