AQSh va Janubiy Afrika Respublikasi olimlaridan iborat xalqaro guruh xantavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshladi.
Ma’lum qilinishicha, tadqiqotchilar vaksina saqlashning yangi — «silikasiya» texnologiyasidan foydalanmoqda. Ushbu usul preparatni harorat o‘zgarishlariga chidamli qilish imkonini beradi. Bu esa vaksinani hatto qiyin yetib boriladigan hududlarga dronlar orqali yetkazish imkoniyatini yaratadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, hozircha xantavirus infeksiyasiga qarshi maxsus davolash usuli mavjud emas. Biroq kasallikni erta aniqlash va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish bemorning sog‘ayib ketish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Shu bilan birga, ekspertlar yirik epidemiya yuzaga kelish xavfi past ekanini bildirmoqda.
Avvalroq Argentinadan Kabo-Verde yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan «
Ma’lumot uchun, xantavirus insonga asosan kemiruvchilar orqali yuqadi. Virus nafas olish tizimi va buyraklarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Kasallik belgilari ko‘p hollarda grippni eslatadi — yuqori harorat, holsizlik, mushak og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kabi simptomlar bilan namoyon bo‘ladi.