Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston borasida ogohlantirish e’lon qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston borasida ogohlantirish e’lon qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo iqtisodiyotlariga bag‘ishlangan hisobotidan Afg‘oniston borasidagi ogohlantirishlar o‘rin oldi.

Jamg‘arma joriy yilda Afg‘oniston iqtisodiyoti 30 foizga qisqarishini taxmin qilmoqda. Qayd etilishicha, mazkur mamlakatdagi beqarorlik nafaqat mintaqa, balki boshqa hududlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, Afg‘onistondan qo‘shni davlatlar, Turkiya va Yevropaga qochqinlar oqimi ortishi mumkinligi ham aytilgan. “Yirik qochqinlar oqimi mezbon mamlakatlarda davlat resurslariga og‘ir yuk bo‘lib tushadi, mehnat bozoriga bosimni orttiradi va ijtimoiy keskinlikka olib kelishi mumkin”, – deyiladi hisobotda.

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallagandan keyin bu yerga gumanitar yordamlardan boshqa yordamlar to‘xtab qoldi. Xalqaro valyuta jamg‘arasi yordamlarga tayanib qolgan Afg‘oniston iqtisodiyoti jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli borligiga e’tibor qaratgan.

Kiritildi: 21:45 19.10.2021. O'qildi: 2226 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!