Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan topildi

A A A
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan topildi

Odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan topildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, u 2021-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan va Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlangan. Ushbu shaxs yuqori maosh va’dasi bilan qizlarni aldab Turkiyaga olib borgan va ularning pasportlarini tortib olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan. U Turkiyadan O‘zbekistonga ekstradisiya qilindi.

1991-yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 18 noyabr kuni belgilangan tartibda mamlakatga olib kelindi.

Joriy yildan O‘zbekistonda odam savdosi uchun belgilangan jazo choralari kuchaytirilgan bo‘lib, mazkur jinoyat uchun 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Kiritildi: 22:55 02.12.2025. O'qildi: 2063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!