Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Xalq qabulxonalari faoliyati yanada kuchaytiriladi

Xalq qabulxonalari faoliyati yanada kuchaytiriladi

Prezidentimiz Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Prezident Administrasiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash, murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Prezident Administrasiyasi Kommunikasiyalar departamenti har oyda Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi. Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritadi.

Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat Tezkor shtab tuziladi. Ko‘tarilgan masalalar hudud va tarmoqlar kesimida joyiga chiqqan holda hal qilinadi.

Xalq qabulxonalariga murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan idoralarga majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish vakolati beriladi.

Kommunikasiyalar departamentiga murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingi yo‘lga qo‘yish va har olti oyda e’lon qilib borish topshirildi.

Bosh prokurorning komplayens bo‘yicha o‘rinbosari oldiga bu boradagi barcha topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.

Kiritildi: Bugun 15:54. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!