Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xabib va Konor 10 dekabrda yana uchrashishadi

A A A
Xabib va Konor 10 dekabrda yana uchrashishadi

24 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida Nevada shtati Atletik (NSAC) komissiyasining UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda sobiq jahon chempioni Konor Makgregor ishi yuzasidan birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.

Ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha Atletik komissiya Nurmagomedovga jang uchun va’da qilingan 2 million dollar gonorarning yarmini rossiyalik sportchining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yuzasidan qaror chiqardi. 

Qolgan bir million dollar hamon muzlatilganicha qolmoqda. Ushbu ish yuzasidan yakuniy yig‘ilish 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu sanada Makgregor ham, Nurmagomedov ham komissiya yig‘ilishida ishtirok etishlari shart. 

Kiritildi: 16:23 27.10.2018. O'qildi: 5355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik