Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xabib Nurmagomedov o‘ziga solingan jarimani to‘liq to‘lab berdi

Xabib Nurmagomedov o‘ziga solingan jarimani to‘liq to‘lab berdi

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Nevada shtati atletik komissiyasi qarori bilan unga solingan jarimani to‘liq to‘lab berdi. Bu haqda sportchining jamoasida ma’lum qilindi.

Jarima to‘liq atletik komissiyaga kelib tushgan. Xabib va’da qilganidek, o‘z do‘stlari uchun ham jarimani (50 ming dollar) hamda advokat xizmatlarini (250 ming dollar) to‘lab berdi , deyilgan xabarda.

Nevada shtati atletik komissiyasi Nurmagomedovni Konor Makgregor bilan jangdan keyin yuz bergan mushtlashuv uchun 9 oylik diskvalifikasiya va 500 ming dollarlik jarima bilan jazolagandi. Mushtlashuvda ishtirok etgan Zubayra Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov ham bir yillik diskvalifikasiya va 25 ming dollardan jarima jazosi olishgan.

Nurmagomedov ijtimoiy reklamada ishtirok etib berganda, uning diskvalifikasiya muddati qisqartirilishi mumkin edi. Biroq rossiyalik sportchi buni qilishdan bosh tortgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 05:12 16.02.2019. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!