«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. ElNacional nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar klubi fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
«Chelsi» futbolchining agenti hisoblangan onasi bilan allaqachon aloqaga chiqqan. «Ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Mbappe bilan «Stemford Bridj»da qayta birlashishni qat’iy talab qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis «Real»dagi faoliyati davomida fransuz bilan a’lo darajadagi munosabatda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 2024 yilda PSJdan «Real Madrid»ga erkin agent maqomida o‘tgan edi. Uning qirollik klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi joriy mavsumda madridliklar safida barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 41 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.