Dunyoning eng yirik energetika kompaniyalari, jumladan, Chevron va Exxon Mobil, Erondagi urush va Hurmuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovi bilan bog‘liq muammolar tufayli investisiyalarini boshqa mintaqalarga ko‘chirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Exxon Mobil Nigeriya qirg‘oqlari yaqinidagi chuqur suv osti loyihalariga 24 milliard dollargacha sarmoya kiritishga tayyor.
Chevron esa Venesueladagi ishtirokini kengaytirmoqda va joriy yilda butun dunyo bo‘ylab dengiz ishlanmalari uchun allaqachon 7 milliard dollar ajratdi.
Britaniyaning BP kompaniyasi Namibiya qirg‘oqlaridagi konlardan ulush sotib oldi, Fransiyaning TotalEnergies kompaniyasi esa Turkiya bilan qidiruv ishlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bundan tashqari, «beshlik»ka kiruvchi barcha gigantlar O‘rta yer dengiziga qiziqish bildirmoqda, Exxon Mobil esa Gresiya qirg‘oqlarida qazib olish ishlarini boshlash borasida ancha ilgarilab ketdi.
Wood Mackenzie tahlilchilari neft kompaniyalarining yaqin yillardagi yangi loyihalardan oladigan potensial foydasini 120 milliard dollarga baholamoqda.