Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

WhatsApp’da yangi funksiya paydo bo‘ldi

A A A
WhatsApp’da yangi funksiya paydo bo‘ldi

WhatsApp o‘ziga yarasha tanaffus davrida yashamoqda. So‘nggi 2 haftada messenjerda bir qancha yangi funksiyalar paydo bo‘lmoqda.
 
Bugun messenjerning Android platformasida avvalroq faqat iOS versiyasida mavjud bo‘lgan yana bir muhim funksiya: videoning fon rejimida ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi. WhatsApp’ning so‘nggi talqinida YouTube, Instagram va Facebook’dan olingan videoroliklarni endi boshqacharoq tarzda pley tugmasini bosib, ekranning istalgan nuqtasiga uzatib ko‘rish mumkin. Shu usulda siz messenjerda aktiv qolib, boshqa xabarlarni o‘qishingiz, xabar yozishda davom etishingiz mumkin.
 
Hozirda “rasm ichida rasm” rejimi faqatgina YouTube, Instagram va Facebook uchungiga ishlamoqda. PiP-videoni ishlatib ko‘rish uchun WhatsApp’ni Beta v2.18.301 versiyasigacha yangilab olish kerak bo‘ladi

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 17:20 03.10.2018. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik