Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

WBA reytingida charm qo‘lqop ustalarimiz peshqadam

WBA reytingida charm qo‘lqop ustalarimiz peshqadam

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) iyun oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan mamlakatimizning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.

Jumladan, Isroil Madrimov super yarimo‘rta vazn chempioni sifatida borayotgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda birinchi o‘rindan joy egalladi. Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarimengil vaznda karvonboshi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, Shahram G‘iyosov yarimo‘rta vazn toifasida eng yuqori pog‘onaga joylashdi.

Vakillarimizdan Otabek Xolmatov yarimengil vaznda, Bektemir Meliqo‘ziyev supero‘rta vaznda 5, Muhammad Shexov birinchi yarimengil vaznda 10, Botir Ahmedov superengil vaznda 13-o‘rinda qoldi.

Kiritildi: 10:06 05.07.2024. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!