Evropa global uglevodorod va yoqilg‘i narxlarining oshishi tufayli jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bu haqda Ukrainaning Bukovel shahrida bo‘lib o‘tgan Karpat tashabbusi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
"So‘nggi kunlarda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish va Polsha bosh vaziri Donald Tusk Yevropada bizni kutayotgan do‘zax haqida keskin bayonotlar berishdi. Agar siz neft va gaz narxlariga qarasangiz, ular haqiqatdan uzoq emasligini ko‘rishingiz mumkin. Agar siz Germaniya va Avstriyada yoqilg‘i narxlariga qarasangiz, bizni jiddiy muammolar kutayotgani ayon bo‘ladi", dedi Vuchich.
Serbiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvni o‘tkazishning sabablaridan biri mintaqa mamlakatlari o‘rtasida yaqinroq iqtisodiy integrasiya zarurati.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Karpat sakkizligi" formatini yaratishni e’lon qilgan edi. Formatga Avstriya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Chexiya va Ukraina kiradi.