Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Voyaga yetmagan shaxsga avtomashinani boshqarish uchun topshirgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi

Voyaga yetmagan shaxsga avtomashinani boshqarish uchun topshirgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Captiva” rusumli, davlat raqam belgisi 01 505 ODA bo‘lgan transport vositasini voyaga yetmagan fuqaro tomonidan boshqarilganligi ask etgan video tarqalgan.
Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib kuyidagilar aniqlandi. Mazkur harakatlarni Toshkent shahar Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan, 2012 yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. sodir etganligi aniqlandi.
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun topshirgan fuqaro 1977 yilda tug‘ilgan U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi 2-qismiga (Transport vositalarining boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarni boshqarishning topshirilishi) muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi

Kiritildi: 18:06 08.07.2024. O'qildi: 1212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!