Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Vladimir Putin COVID-19ga qarshi emlandi. Ammo...

Vladimir Putin COVID-19ga qarshi emlandi. Ammo...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi va o‘zini yaxshi his qilmoqda, deya mamlakat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASSga xabar bermoqda.

Putin Rossiyaning uchta vaksinasidan qaysi birini tanlaganiga aniqlik kiritilmadi.

Peskov «Rossiyaning uchta vaksinasi mutlaqo ishonchli va samarali» ekanligini ta’kidlagan holda, Kreml ataylab prezidentning qaysi vaksina bilan emlangani ko‘rsatilmayotganligi haqida aytib o‘tdi.

«Rossiya rahbarining emlanishi boshqa mamlakatlardagi ba’zi siyosatchilar singari ommaviy tadbirdek bo‘lmadi. Kameralar ostida emlash masalasiga kelsak, Putin buni yoqtirmaydi», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 19:35 24.03.2021. O'qildi: 5213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!