Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Vladimir Putin 18-19 Oktyabrda O‘zbekistonga keladi

A A A
Vladimir Putin 18-19 Oktyabrda O‘zbekistonga keladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktyabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi.

"Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 18-19 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kunlarda Toshkentda birinchi Rossiya – O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi ham tashkil qilinadi", - deyilgan xabarda.

Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi haqidagi dastlabki xabarlar bir necha oy oldin paydo bo‘lgan edi. Bu haqida Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Xitoyda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti vaqtida xabar qilgan edi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 7 Sentyabr kuni Moskvada Dmitriy Medvedev bilan uchrashib Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga doir masalalarni muhokama qilgan edi.

 

Kiritildi: 10:57 27.09.2018. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik