Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Virusolog: "Koronavirus epidemiyasi yillarga cho‘zilishi mumkin"

Virusolog: "Koronavirus epidemiyasi yillarga cho‘zilishi mumkin"

Koronavirus epidemiya yillarga cho‘zilishi mumkin, deb ta’kidladi amerikalik virusolog, koronavirus infeksiyalari bo‘yicha mutaxassis Charlz Kelisher RBK’ga bergan intervyuda. RIA Novosti xabariga asosan.

Koronavirus tarqalishi davrida millionlab kishiga bu virus yuqishi mumkin, kasallanmagan insonlar esa epidemiyaning ikkinchi to‘lqinida virus tashuvchisi bo‘ladi.

“Samarali vaksina paydo bo‘lmaguncha, bunday epidemiya tarqalishi ko‘p oy davom etishi mumkin. Biroq o‘shanda ham virus yo‘qolmaydi, chunki emlanmagan odamlar bo‘ladi. Emlash jarayoni ham vaqt talab etadi”, - dedi Kelisher.

Virusologning fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi 1918 yilda yuz bergan gripp pandemiyasi darajasiga yaqinlashi dargumon, chunki insoniyat oldinlab ketgan. Biroq millionlab odam virusni yuqtirib olishi mumkin.

Kiritildi: 16:50 26.03.2020. O'qildi: 4981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!