Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Vinisius va "Real" boshi berk ko‘chadan chiqa olmadi: muzokaralar kechikmoqda

Vinisius va "Real" boshi berk ko‘chadan chiqa olmadi: muzokaralar kechikmoqda

Madridning "Real" klubi va Vinisius Junior o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar faqatgina 2026 yilgi jahon chempionatidan keyingina tiklanishi ehtimoli bor. Bu haqda ESPN’ga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda.

Shu tariqa, Vinisius kelajagi noma’lum bo‘lgan amaldagi shartnomasining so‘nggi yiliga kirib borishi mumkin. Shartnoma 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq, Vinisius "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan munosabatlaridagi muammolar tufayli "Real" bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 18:56 02.12.2025. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!