Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Vinisius JCH-2026 dagi muammolarni nozik mavzu deb atadi

Vinisius JCH-2026 dagi muammolarni nozik mavzu deb atadi

Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior JCH-2026 da maydondan tashqarida yuzaga kelayotgan muammolar — xususan, hakamlar va futbolchilarning AQShga kirishi taqiqlangani haqidagi savollarga javob berdi.

«Bu juda nozik mavzu. Umid qilamizki, hamma odatiy tartibda kelib, o‘z jamoalariga muxlislik qila oladi. Futbol hamma uchundir. Nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi amalga oshiriladi deb umid qilaman», — dedi Vinisius.

Bundan avvalroq somalilik hakam Omar Artanning AQShga kirishiga ruxsat berilmagan edi. Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Partiga esa Kanadaga kirish rad etilgan.

Shuningdek, Jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan mamlakatlarga barcha muxlislarning ham kirishiga ruxsat berilmagani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:26. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!