Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior Yamaykadagi hordiq chiqarish chog‘ida noxush vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda The Touchline ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» forvardi do‘stlari bilan kurort majmuasi hududida baggi (engil ochiq avtomobil) haydab yurib, tasodifan belgilangan yo‘lakdan chiqib ketgan. Vaziyat havotirli tus olganiga qaramay, jiddiy oqibatlarning oldi olindi. Baggida bo‘lganlarning hech biri, jumladan Vinisius va uning do‘stlari jarohat olmagan.
Oldinroq Vinisius va «Real» hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirayotgani, ammo 2027 yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish shartlari bo‘yicha kelisha olishmayotgani xabar qilingan edi. Hujumchi yangi kelishuvga ko‘ra yiliga 20 million yevrodan ortiq maosh talab qilmoqda.